O‘zbekiston | 19:35 / 07.01.2019
6293
2 daqiqa o‘qiladi

Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni qabul qilish tartibi belgilandi

“Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston prezidentining qarori qabul qilindi.

Hujjatga muvofiq, sudyalik lavozimlariga nomzodlarni qabul qilish 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab faqat sudyalik lavozimi zaxirasida bo‘lgan shaxslar orasidan tanlov asosida O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan birgalikda belgilanadigan kvotalar bo‘yicha amalga oshiriladi.

Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kurslariga qabul qilingan shaxslar asosiy ish joyi bo‘yicha lavozimidan ozod qilinadi, biroq ularning egallagan lavozimi butun o‘qish davri mobaynida saqlanadi.

Sudyalar va sudlar apparati xodimlarining malakasini oshirish O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining buyurtmasi asosida amalga oshiriladi.

Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilariga o‘qish davomida asosiy ish joyi bo‘yicha egallab turgan lavozimi va o‘rtacha oylik ish haqi saqlanadi.

Mavzuga oid