Jahon | 09:17 / 18.01.2019
4291
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda Audi’ning 4 boshqaruvchisiga “dizel mojarosi” yuzasidan ayblovlar e'lon qilindi 

Foto: Global Look Press/Daniel Kalker

Michigan shtatining sharqiy okrugi prokuraturasi Volkswagen’ning sho‘'ba korxonasi Audi’ning 4 nafar sobiq boshqaruvchisiga dizel avtomobillarida chiqindi gazlar bilan firibgarliklar qilish ishi bo‘yicha jinoiy ayblovlar e'lon qildi.

Ayblovlar kompaniyaning dizel dvigatellar ishlab chiqish bo‘limining sobiq boshlig‘i Richard Bauder, qayd qilish va sinovdan o‘tkazish bo‘limining sobiq boshlig‘i Aksel Ayzner, dvigatellarni ishlab chiqish bo‘limining sobiq boshlig‘i Stefan Knirsh va dvigatellarni ro‘yxatga olish uchun javobgar bo‘lgan Karsten Nagelga e'lon qilingan.

Ular AQShga qarshi firibgarlik qilish, moliyaviy firibgarlik maqsadida til biriktirish, AQShning “Toza havo haqida”gi qonunini buzish va yana 6 ta firibgarlik holatini sodir etishda ayblanmoqda. 

2015 yilda Germaniyada Volkswagen bilan bog‘liq mojaro avj olgandi. O‘shanda kompaniya maxsus dasturiy ta'minot yordamida mashinalaridan atrof-muhitga chiquvchi chiqindi gazlarning miqdorini ataylab kamaytirgan. Shu sababli konsern AQShning o‘zidan yarim mlnga yaqin avtomobilini ortga qaytarib olishiga to‘g‘ri kelgan. Umuman esa bunday dvigatelli mashinalardan butun dunyo bo‘ylab 11 mln dona sotilgan.

Mavzuga oid