Sport | 15:49 / 25.01.2019
40129
2 daqiqa o‘qiladi

Besh karra olimpiya chempioni saraton kasalligiga chalindi

Foto: Eduard Omedes /Mundo Deportivo

Suzish bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarining besh karra chempioni amerikalik Natan Edrian ishqibozlarga saraton kasalligiga chalingani haqida aytdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda. 

Sportchi shifokorlar unda bu kasallikni qanday topishganini instagramdagi sahifasida aytib berdi.

«Yaqinda shifokorning oldiga bordim, u yerda grippdan emlanmoqchi edim hamda o‘zimni yomon his qildim. Bir nechta testlar va mutaxassis oldiga tashriflarimdan so‘ng, menda salbiy ko‘rinishdagi o‘simta borligini bildim. Biroq, biz uni vaqtli topdik, men davolanishni boshladim. Prognoz yaxshi», - deya ta'kidlab o‘tdi sportchi.

Shuningdek, uning qayd etishicha, sportni tashlab ketish niyatida emas.

«Bir necha hafta ichida suvga qaytaman va Tokiodagi Olimpiadaga tayyorgarlikni boshlayman. Shuningdek, erkaklarning sog‘lig‘iga beparvo qarash bo‘yicha stigmani buzishga harakat qilaman. Endi rejalashtirganimdan avvalroq umumiy sog‘liqni saqlash sohasida ma'lum bir darajani olmoqchiman», - deya xulosa qilgan Edrian.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

A post shared by Nathan Adrian (@nathangadrian) on

Eslatib o‘tamiz, sportchi Pekindagi Olimpiadada erkin usulda 4x100 metrga estafetada, shuningdek, London (100 m.ga erkin usulda, erkin usulda 4x100 m.ga estafeta, 4x100 m.ga kombinatsiyalangan estafeta) va Rio-de-Janeyrodagi O‘yinlarda (4x100 m.ga kombinatsiyalangan estafeta) oltin medalni qo‘lga kiritgan.

Mavzuga oid