O‘zbekiston | 10:51 / 28.01.2019
41704
2 daqiqa o‘qiladi

Sardor Umurzoqov investitsiyalar va tashqi savdo vaziri etib tayinlandi

Foto: O‘zcharmsanoat

"O‘zcharmsanoat" uyushmasi raisi Sardor Umurzoqov O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda.

Avvalroq, O‘zbekiston tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlangani xabar qilingandi.

Ma'lumot uchun: Sardor Umurzoqov 2018 yilning 1 iyun kuni “O‘zcharmsanoat” uyushmasining raisi etib tasdiqlangandi. U bundan avval “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi boshqaruvi raisining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Sardor O‘ktamovich Umurzoqov 1977 yilning 23 noyabr kuni tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (bakalavr) va Reding universitetini (Buyuk Britaniya, magistratura) tamomlagan.

2000-2003 yillar davomida Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki tizimida (avvaliga bosh ofisda, so‘ng - Samarqanddagi bo‘linmada) ishlagan. 2003 yilning noyabrida Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankida (London shahri) o‘z faoliyatini boshlagan.

Mavzuga oid