JARning sobiq prezidenti GRU ofitserining qaynotasi ekanligi aytilmoqda
«Rosgeologiya» direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan Ruslan Gorring harbiy razvedkada xizmat qilgan va JARning sobiq prezidenti Jyeykob Zumaning qiziga uylangan. Bu haqda Gorring bilan shaxsan tanish bo‘lgan manba Znak.com nashriga ma'lum qilgan.
Manbaning aytishicha, Ruslan Gorring Mudofaa vazirligining harbiy universitetini bitirgan. O‘qishni bitirganidan so‘ng u GRU nomi bilan tanilgan Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabining bosh boshqarmasiga ishga kirgan.
Nashr suhbatdoshining ta'kidlashicha, Gorring harbiy-texnik razvedka bilan shug‘ullangan, o‘n yil davomida JARda ishlagan.
«Rossiya Afrikadagi mavqeini strategik jihatdan kuchaytirishi lozim bo‘lgan o‘sha davrda Ruslan “o‘zini qurbon qilib” JARning sobiq prezidenti Jyeykob Zumaning qiziga uylangan», — degan manba.
2009-2018 yillarda mamlakat prezidenti bo‘lgan Zuma kuyoviga ikkita olmos konini sovg‘a qilgan. Gorring ulardan birini Rossiya kompaniyasiga 100 million dollarga sotgan va boyib ketgan, degan Znak.com suhbatdoshi.
Mavzuga oid
12:40 / 07.09.2024
AQShda olti rossiyalik Ukraina davlat saytlariga hujumda ayblandi
14:40 / 05.08.2024
JARda 90 nafar efiopiyalik migrant odam savdosi bilan shug‘ullanuvchilardan ozod qilindi
11:48 / 15.06.2024
Siril Ramaposa JAR prezidenti etib qayta saylandi
21:03 / 01.06.2024