Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pyotr Poroshenkoning daromadlari ma'lum bo‘ldi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko daromadlari haqidagi deklaratsiyani e'lon qildi. Bu haqda RIA Novosti Shaxslar deklaratsiyalari yagona reyestri ma'lumotlariga asosan xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, u jami 19,675 million grivnani (709 ming dollar) deklaratsiyadan o‘tkazgan.
2019 yilning 1 fevral holatiga ko‘ra, siyosatchi «Praym Essets Kepital»dan (uning aktivlarini boshqaruvchi investitsiya fondi) 18 550 829 grivna (668,7 ming dollar) dividendlarni deklaratsiyadan o‘tkazdi.
Shuningdek, Poroshenko «Xalqaro investitsiya banki»dagi omonatlardan foizlar ko‘rinishida 1 125 126 grivnani (40,5 ming dollar) deklaratsiyaladi.
Aniqlik kiritilishicha, 2019 yil yanvar oyi boshlarida u o‘zining Roshen qandolat korporatsiyasini boshqaruvchi Shveytsariyaning Rothschild Trust Schweiz AG’dan 548 678 680 grivna dividendlarni (19,9 mln AQSh dollari) deklaratsiyadan o‘tkazdi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025