Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina prezidenti lavozimiga 44 nomzod kurash olib boradi
Ukraina markaziy saylov komissiyasi prezident saylovlariga nomzodlarni ro‘yxatga olish jarayonini yakunladi.
Umumiy hisobda ro‘yxatdan o‘tish uchun ariza topshirgan 91 kishidan 44 nafari ro‘yxatga olingan.
Joriy yilda prezident kursisi uchun rekord sondagi nomzodlar kurash olib boradi. Avvalgi rekord 2004 yilda qayd qilingan, o‘shanda saylovlarda 24 kishi ishtirok etgan. 2014 yildagi saylovlarda esa 21 nomzod qatnashgan.
Prezident lavozimiga nomzodlar orasida amaldagi prezident Pyotr Poroshenko, sobiq bosh vazir Yuliya Timoshenko, shoumen Vladimir Zelenskiy bor. Aynan ular nomzodlar orasida ommaviylik reytingida yetakchilik qilmoqdalar.
Saylovlar 31 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Agar nomzodlardan birortasi 50 foizdan ko‘proq ovoz to‘play olmasa, 21 aprelda 2-tur bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025