Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda sakkiz kishi tuzlamadan zaharlandi
2019 yil 8 fevral kuni Jizzax viloyatining Sh.Rashidov tumanida yashovchi M.P. (ayol) o‘z uyida oila a'zolari bilan birgalikda uy sharoitida tayyorlangan pomidor mahsulotini (tuzlama) iste'mol qilgan va natijada 8 nafar kishi zaharlangan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ularning 5 nafariga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan. Uch nafari kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar, uy sharoitida tayyorlangan tuzlama mahsulotlarini iste'mol qilishda hamisha hushyor bo‘ling, avvalo uning iste'molga yaroqlilik holatiga alohida e'tibor qarating!” - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
17:03 / 22.05.2025
«Abdunazarovni majburiy keltirish choralari ko‘rilmoqda» – IIB yuk mashinalariga doir firibgarlik haqida
09:12 / 22.05.2025
Surxondaryoda qovun yegan fuqarolar zaharlangani rad etildi
20:44 / 21.05.2025
Tanzila Norboyeva Jizzaxda korrupsiya holatlari bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi
17:58 / 21.05.2025