Jahon | 21:40 / 18.02.2019
24435
2 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston Qirg‘izistondan kirib kelayotgan yuk mashinalaridan xavotirda

Foto: uznews.l-b.uz

Tojikiston transport vaziri Xudoyor Xudoyorzodaning Tojikistondagi Qirg‘iziston elchisi Janish Rustambekov bilan uchrashuvda ma'lum qilishicha, Qirg‘izistondan kirib kelayotgan yuk mashinalari ikki mamlakatning qurilishiga katta mablag‘ ajratilgan avtoyo‘llarini buzmoqda. 

Vazir mazkur masalaning tez orada o‘z yechimini topishiga umid bildirib, bundan ikki mamlakat ham manfaatdor ekanini qayd etdi. 

Shu bilan birga, Xudoyorzoda Qirg‘iziston bilan chegaradagi Vahdat-Laxsh avtoyo‘li qurilishiga doir fikri bilan bo‘lishdi va Qirg‘iziston tomondan kechiktirilgan "ba'zi jarayonlar"ni tezlashtirishga chaqirdi. 

"Ushbu yo‘lning qurilishi va ekspluatatsiyaga kiritilishi ikki mamlakat iqtisodiyoti rivoji yo‘lida xizmat qiladi. Ma'lumki, tashuvchilar doim eng qisqa yo‘llarni tanlashadi", - deya Xudoyorzodaning so‘zlarini yetkazadi Transport vazirligi. 

Janish Rustambekovning ta'kidlashicha, ayni damda Qirg‘iziston Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning tashrifiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Diplomat bunday yechimini topmagan masalalar kutilayotgan tashrif davomida muhokama qilinishiga umid bildirdi.

Mavzuga oid