Sport | 11:53 / 22.02.2019
14568
1 daqiqa o‘qiladi
«Real» Modrichning kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi
«Real» klubi yarimhimoyachi Luka Modrichga yangi shartnoma taklif qiladi.
Marca xabariga ko‘ra, klub rahbariyati 33 yoshli futbolchini tarkibda saqlab qolish haqida qaror qabul qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Modrichning amaldagi shartnomasi 2020 yilgacha mo‘ljallangan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, futbolchiga 2021 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma taklif qilinadi. Agar Modrich uni imzolasa, 36 yoshiga qadar «Real» sharafini himoya qiladi.
Avvalroq, Modrichning «Inter»ga o‘tishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo xorvatiyalik Italiya chempionatida to‘p tepishni istamadi.
Mavzuga oid
02:06 / 15.08.2024
«Real» «Atalanta»ni mag‘lub etib, UYeFA superkubogini eng ko‘p yutgan klubga aylandi
01:58 / 02.06.2024
«Real» - 15 karra Chempionlar Ligasi g‘olibi
18:50 / 09.05.2024
Dunyoning eng qimmat klublari reytingi e’lon qilindi
02:05 / 22.04.2024