Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
London jamoat transportida zararli oziq-ovqatni reklama qilish taqiqlandi
Londonning jamoat transport tarmog‘i nosog‘lom oziq-ovqatni reklama qilishga taqiqlov kiritdi. Bu haqda The Drum nashri yozmoqda.
Yangi siyosat yog‘, tuz va shakar miqdori yuqori bo‘lgan mahsulotlarni metro, yer usti transporti, taksi, bekatlar va tarmoq nazorat qiluvchi boshqa joylarda reklama qilishni taqiqlaydi. Shahar shu tariqa bolalar orasida semirishning oldini olmoqchi.
Oziq-ovqat mahsulotining zararligi sog‘liqni saqlash vazirligining mahalliy bo‘limi mezonlari bo‘yicha baholanadi. Ballar kompaniyalarga emas, balki alohida mahsulotlarga beriladi. Misol uchun, McDonald's metroda o‘z salatlarini reklama qilishi mumkin.
Baholashning bu tizimi tufayli taqiqlov ostiga beziyon mahsulotlar, jumladan pishloq va zaytun moyi ham tushishi mumkin, biroq alkogol reklamasiga yo‘l qo‘yiladi. Reklama posteriga tasodifan tushgan zararli mahsulotlar ham reklamaga taqiqlov kiritilishiga olib keladi: misol uchun, turistik kompaniyaning xot-dog ushlagan odamlar tasvirlangan bilbordi ham taqiqlov ostiga tushadi.
Mavzuga oid
20:24 / 20.05.2025
Sergeli va Yunusobodni tezyurar avtobus yo‘lagi bog‘laydi. Loyiha qiymati – 50 mln dollar
19:08 / 13.05.2025
Toshkentda avtobuslar uchun yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
00:11 / 13.05.2025
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
10:17 / 10.05.2025