Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Profi boks: Ravshan Muhammadjonov navbatdagi jangida nokaut bilan g‘alaba qozondi
Faoliyatini professional boksda davom ettirayotgan yana bir o‘zbekistonlik bokschi, 19 yoshli Ravshan Muhammadjonov (6-0, 3 KO) Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida tashkil etilgan boks oqshomida navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
O‘rta vazn (-72,58 kg) toifasida kechgan jangda u rossiyalik Dmitriy Gashkovga qarshi ringga chiqdi. Jang avval boshidanoq o‘zbekistonlik sportchi tashabbusida o‘tdi va muddatidan ancha oldin yakuniga yetdi. Ravshan Muhammadjonov 1-raunddayoq raqibini nokautga uchratib, faoliyatidagi oltinchi g‘alabasini nishonladi.

Mazkur boks kechasida yana to‘rt nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga chiqdi:
Javlonbek Qurbonov – Sergey Tasimov (Estoniya). 2 raundda nokaut evaziga g‘alaba;
Akmalxon Jamolxonov – Murad Ramazanov (Rossiya). 4 raundlik jangda ochkolar bo‘yicha yutqazdi;
Farrux Jo‘rayev – Oleg Kostryukov (Rossiya). 6 raundlik jangda ochkolar hisobiga yutqazdi;
Humoyun Rustamov esa qo‘lidan jarohat oldi va jang muddatidan avval to‘xtatildi.
Mavzuga oid
08:15 / 18.05.2025
O‘zbekistonlik bokschilar Polshadagi turnirda birinchi bo‘ldi
09:20 / 13.04.2025
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)
10:12 / 06.04.2025
O‘zbekiston boks jamoasi jahon kubogida 5 ta oltin qo‘lga kiritdi
08:07 / 06.04.2025