O‘zbekiston | 00:33 / 28.02.2019
13059
2 daqiqa o‘qiladi

Uzbekistan Airways’ning Bangkokdan Toshkentga uchishi kerak bo‘lgan reysi ham kechikmoqda

Uzbekistan Airways’ning Bangkokdan Toshkentga uchishi kerak bo‘lgan reysi ham kechikmoqda

Uzbekistan airways milliy aviakompaniyasining Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurdan Singapur orqali Toshkentga HY-552 sonli reysi bilan uchishi kerak bo‘lgan samolyoti Singapurning «Changi» aeroportida ushlanib turilgani haqida xabar bergan edik.

Mushtariylarimiz Tailand poytaxti Bangkok shahridagi «Suvarnabhumi» xalqaro aeroportidan mahalliy vaqt bilan soat 23:00 da (Toshkent vaqti bilan 21:00) HY-534 reysi bilan uchishi lozim bo‘lgan samolyot ham Pokiston – Hindiston mojarolari tufayli yangi parvoz yo‘nalishi ochilishini kutib turibdi.

Shuningdek, chorshanba kunlari Hindistonning Mumbay shahrining Chhatrapati Shivaji xalqaro aeroportidan Toshkentga mahalliy vaqt bilan 14:55 da uchishi kerak bo‘lgan HY-428 reysi, Hindiston poytaxti Dehli shahrining Indira Gandi nomidagi xalqaro aeroportidan Toshkentga mahalliy vaqt bilan 12:45 da uchishi kerak bo‘lgan HY-422 reyslari ham ushlanib turibdi.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, aviakompaniyaning Singapur, Bangkok, Dehli va Mumbaydan Toshkentga uchishi kerak bo‘lgan samolyotlari Pokiston va Hindiston chegarasidagi keskinlik sababli Toshkent vaqti bilan 00:30 dan boshlab parvoz qiladi. Yo‘nalish o‘zgargani tufayli parvoz davomiyligi odatdagidan ko‘proq bo‘lishi mumkin.

Mavzuga oid