Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sanders "Amerikaning eng xavfli prezidenti"ga qarshi ovoz berishga chaqirdi
2020 yilgi prezident sayloviga o‘z nomzodini qo‘ygan senator-demokrat Berni Sanders demokratlar partiyasining rasmiy nomzodi bo‘lishiga va hozirgi prezident Donald Tramp ustidan g‘alaba qozonishiga ishonishini bildirdi.
"Nafaqat demokratlar partiyasining nomzodi sifatida g‘alaba qozonishim, balki zamonaviy Amerika tarixidagi eng xavfli prezident bo‘lgan Donald Trampni yengishimga olib keladigan mazkur kampaniyada ishtirok etayotganingiz uchun minnatdorlik bildiraman", - dedi u o‘zining bir necha ming tarafdorlari ishtirokidagi mitingda.
Sanders 2016 yilgi saylovlarda ham demokratlar nomidan ishtirok etgan, biroq o‘sha kampaniyani partiya ichidagi saylovlarda Xillari Klintonga yutqazib qo‘ygan.Berni Sanders hamma uchun hamyonbop sog‘liqni saqlash tizimini kiritish, eng kam ish haqi miqdorini oshirish va davlat oliy ta'lim muassasalarida bepul oliy ta'limni joriy qilishga va'da bermoqda.
Mavzuga oid
11:54 / 24.05.2025
Tramp AQSh yadroviy energetikasini kengaytirish bo‘yicha farmonlarni imzoladi
11:10 / 24.05.2025
Sud Trampning Ta’lim vazirligini yopishga urinishini blokladi
09:35 / 24.05.2025
Sud Trampning Harvardga xorijliklarni qabul qilishni taqiqlash qarorini blokladi
11:13 / 23.05.2025