Sport | 20:05 / 12.03.2019
7882
1 daqiqa o‘qiladi

Bahodir Jalolov shu haftada navbatdagi jangini o‘tkazadi

Professional boksning super og‘ir (+90,7 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Bahodir Jalolovning (4-0 4 KO) raqibi jang boshlanishiga uch kun qolganida o‘zgardi. 

GoSport.uz nashri xabariga ko‘ra, 15 mart kuni u kolumbiyalik Santander Silgado (28-6, 22 KO) bilan jang o‘tkazishi belgilangandi. Ammo Silgado 23 mart kuni amerikalik Chazz Uizerspun (37-3, 28 KO) bilan jang o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishgan va Bahodir Jalolov bilan jang qilishdan bosh tortgan.

Endilikda Bahodir Jalolovga boshqa bir amerikalik bokschi Villi Harvey (3-1-1, 3 KO) raqiblik qiladigan bo‘ldi. Jang Kaliforniya shtatining Tyustin shahridagi Markoni avtomobillar muzeyi saroyida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov so‘nggi marta 2018 yilning 8 dekabr kuni Markus Valentinga qarshi ringga chiqib, raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid