Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi kursantlari xalqaro olimpiadada qatnashmoqda
Rossiya Federatsiyasining Tver shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a'zo mamlakatlar Mudofaa vazirlari kengashi tarkibiga kiruvchi davlatlarning oliy harbiy ta'lim muassasalari kursantlari o‘rtasida informatika fani bo‘yicha xalqaro olimpiadaga start berildi. Bu haqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xalqaro olimpiadaning mazkur yo‘nalishida O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga qarashli oliy harbiy ta'lim muassasalaridan ham vakillar ishtirok etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida informatika fani bo‘yicha bo‘lib o‘tgan bahslarda al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Maxsus fakulteti (hozirgi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti) kursantlaridan iborat jamoa birinchi bor ishtirok etishiga qaramay 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.
Olimpiadaning navbatdagi yo‘nalishlari bo‘yicha bellashuvlar 24—29 mart kunlari Armanistonning Dilijon shahrida Ingliz tili bo‘yicha (Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti jamoasi), 20—25 aprel kunlari Qozog‘istonning Karaganda shahrida matematika fani bo‘yicha hamda Rossiyaning Ryazan shahrida Harbiy-kasbiy tayyorgarlik bo‘yicha (Qurolli Kuchlar akademiyasi jamoasi) bo‘lib o‘tadi.
Ta'kidlash kerakki, 19—23 mart kunlari Sankt-Peterburg shahrida oliy ta'limgacha muassasalar o‘quvchilarining matematika va fizika fanlaridan I halqaro olimpiadasi ham o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Unda Mudofaa vazirligiga qarashli Farg‘ona, Urganch va Samarqand «Temurbeklar maktablari»ning o‘quvchilari ham birinchi marta ishtirok etadi.
Mavzuga oid
19:54 / 23.05.2025
«Harbiylarning aloqasi yo‘q». Mudofaa vazirligi Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad bo‘yicha ma’lumot berdi
20:13 / 06.05.2025
AQSh armiyasida generallar ommaviy ravishda ishdan bo‘shatiladi
09:10 / 19.02.2025
Foto: Mudofaa vazirligining xalqaro ko‘rgazmadagi harbiy texnikalari
16:55 / 22.01.2025