O‘zbekiston | 19:11 / 25.03.2019
11769
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasiga boshliq tayinlandi

Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i va uning o‘rinbosari tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ulug‘bek Murodillayevich Ernazarov O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining Qashqadaryo boshqarmasiga boshliq etib tayinlangan.

Ulug‘bek Ernazarov ilgari Qashqadaryo viloyat hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashishi, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyat mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid