O‘zbekiston | 16:30 / 26.03.2019
22527
1 daqiqa o‘qiladi

Quva tumani hokimi o‘zgardi

Foto: «Farg‘ona haqiqati» gazetasi

Xalq deputatlari Quva tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyani viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev olib bordi. Bu haqda «Farg‘ona haqiqati» gazetasi saytida xabar berildi.

Sessiya ishiga deputatlar, tumandagi korxona, tashkilotlar va muassasalar rahbarlari, faollar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.

Xalimjon Komilovich Umarov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Quva tumani hokimi lavozimidan ozod etilib, Ravshan Qurbonov Quva tumani hokimi etib tayinlangan.

Ravshan Qurbonov ilgari Namangan viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlagandi.

Mavzuga oid