Jahon | 08:13 / 01.04.2019
5599
1 daqiqa o‘qiladi
OAV: Jazoir prezidenti iste'foga chiqishga qaror qildi
Jazoir prezidenti Abdulaziz Buteflika iste'foga chiqish to‘g‘risida e'lon qilishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Buteflika mamlakat konstitutsiyasining 102-moddasiga muvofiq o‘z iste'fosi haqida e'lon qilishga tayyorgarlik ko‘ryapti.
Ta'kidlanishicha, Jazoir prezidenti 2 aprel kuni bu haqdagi qaror to‘g‘risida ma'lum qilishni rejalashtirmoqda.
Bundan oldin, Jazoir qurolli kuchlari bosh shtabi rahbari mamlakat prezidenti Abdulaziz Buteflikadan o‘z majburiyatlarini bajarishga layoqatsizligini e'lon qilishni talab etgandi.
Mavzuga oid
14:11 / 10.11.2023
Kolumbiya Jazoirni Haaga sudida Isroilga qarshi ish ochish rejasida qo‘llab-quvvatladi
22:13 / 15.09.2023
General Surovikin Jazoirda ko‘rinish berdi
20:46 / 24.11.2022
Jazoir sudi odamni yoqib yuborgan 49 kishini o‘limga hukm qildi
10:36 / 10.09.2022