Jahon | 08:09 / 03.04.2019
12169
1 daqiqa o‘qiladi

NATO Kerch bo‘g‘ozidan Ukraina kemalarining o‘tishi bo‘yicha choralar ko‘rishga tayyor

Foto: Sergey Malgavko/TASS

NATO Kerch bo‘g‘ozidan Ukraina kemalarining xavfsiz o‘tishini ta'minlash uchun choralar ko‘rish niyatida. Bu haqda AQShning harbiy ittifoqdagi doimiy vakili Key Beyli Xatchison brifing davomida ma'lum qildi, deya xabar beradi TASS.

Qayd etilishicha, tashkilot Qora dengiz hududidagi havo razvedkasi ko‘lamini kengaytirishni ham rejalashtirmoqda.

Xatchisonning so‘zlariga ko‘ra, NATO tashqi siyosat idoralari rahbarlari 2 aprel, chorshanba kuni boshlanadigan ikki kunlik yig‘ilish davomida chora-tadbirlar to‘plamini tasdiqlashi kerak. Doimiy vakilning aniqlik kiritishicha, ular razvedkani mustahkamlash, shuningdek, NATO tomonidan Qora dengizga yo‘naltiriluvchi kemalar sonini oshirishga qaratilgan.

Bundan oldin, OAV NATO Gorbachyovni qanday «aldagani» haqida ma'lumot bergandi.

Mavzuga oid