Sport | 12:53 / 21.04.2019
15591
2 daqiqa o‘qiladi

Hasanboy Do‘smatov Osiyo chempionatini g‘alaba bilan boshladi

Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi

Bangkokda o‘tayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatining uchinchi kun dasturini o‘zbekistonlik bokschilar orasidan Olimpiada chempioni Hasanboy Do‘smatov boshlab berdi.

Bu galgi turnirda -52 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Do‘smatov ilk jangini butanlik Tensin Drugyyelga qarshi o‘tkazdi. Tajriba bobida Drugyyeldan ancha ustun bo‘lgan Hasanboy ilk raunddayoq raqibini nokdaunga uchratib, jang oxiriga qadar yaqqol ustunlikka erishdi va yakunda 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqdi.

Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi

Bugun yana besh nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tariladi.

Kunduzgi dastur, 12:00 dan so‘ng:
-69 kg: Bobousmon Baturov - Sajjar Kazemzadaposhtiri (Eron) (A ringda)
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmatov - Brijyesh Yadav (Hindiston) (B ringda)
-51 kg: Farangiz Hoshimova - Nazim Kizibay (Qozog‘iston) (A ringda, ayollar)

Kechki dastur, 16:00 dan so‘ng:
-60 kg: Shukurjon Rahimov - Ahmad Nasim Hussayn (Yaman) (B ringda)
-60 kg: Rayxona Qodirova - Punam Raval (Nepal) (A ringda, ayollar)

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid