Sport | 02:02 / 25.04.2019
13099
2 daqiqa o‘qiladi

APL. "Siti" safarda "MYu"ni yengib, peshqadamlikka qaytdi

Foto: Reuters

Angliya chempionati 31-turining qoldirilgan uchrashuvlari o‘tkazildi. 

"Manchester Yunayted" o‘z maydonida "Manchester Siti"ni qabul qilib, 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvning 54-daqiqasida Bernardu Silva hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 12 daqiqa o‘tib, Sane jamoasining ishonchli g‘alabasini ta'minladi. 

Shu tariqa, "Siti" o‘yinlari soni borasida "Liverpul" bilan tenglashib, ulardan 1 ochko ko‘proq to‘plagan holda yetakchilikni qaytarib oldi. 

"Arsenal" esa safarda "Vulverhempton" bilan kuch sinashib, 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Maydon egalari safida Nevesh, Doerti hamda Jota 1tadan gol urgan bo‘lsa, "Arsenal"ning yagona goli Papastatopulos tomonidan kiritildi. 

Manchester Yunayted – Manchester Siti 0:2
Gollar: 0:1 – 54 Bernardu Silva, 0:2 – 66 Sane.

Vulverhempton – Arsenal 3:1
Gollar: 1:0 – 28 Ruben Nevesh, 2:0 – 37 Doerti, 3:0 – 45 Diogu Jota, 3:1 – 80 Papastatopulos.

Азимжон Бердибеков
Tayyorlagan Азимжон Бердибеков
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid