Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Myanmada samolyot “qorni bilan” qo‘nishga majbur bo‘ldi (video)
Internetda Myanmaning Mandalay shahrida Myanmar National Airline aviakompaniyasi samolyotining “qorni bilan” qo‘nishi videosi e'lon qilindi.
12 may ertalab poytaxt Yangondan Mandalayga 81 yo‘lovchi va ekipajning 7 a'zosi bilan uchayotgan Embraer ERJ-190LR samolyoti old shassisi ishlamay qolgani sababli tag qismi bilan qo‘nishga majbur bo‘lgan.
Mamlakat fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi vakili Jye Tutning ma'lum qilishicha, voqeaga texnik nosozlik sabab bo‘lgan. Voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Bu joriy haftada Myanmada yuz berayotgan ikkinchi shunday hodisadir. 8 may kuni Biman Airlines aviakompaniyasi samolyoti Yangon aeroportida favqulodda qo‘nishni amalga oshirib, uch qismga bo‘linib ketgan. OAVning ma'lum qilishicha, voqea oqibatida 30 kishi jarohat olgan.
#MNA (Embraer 190) #Yangon-#Mandalay this morning, landing at the #Mandalay airport - Nose Lansing Gear failure on landing. Flight Capt. has done the amazing job. #Myanmar pic.twitter.com/7dDzSIs13V
— Cape Diamond (@cape_diamond) 12 maya 2019 g.
Mavzuga oid
23:17 / 22.05.2025
AQShda yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor
17:17 / 14.05.2025
Tramp Qatar tomonidan sovg‘a qilinadigan qasr-samolyotni Pentagonga topshiradi
23:29 / 13.05.2025
Xitoyda yo‘lovchi toza havodan nafas olish uchun samolyotning avariyaviy eshigini ochib yubordi
23:57 / 09.05.2025