Sheremetevoda halokatga uchragan samolyotning favqulodda qo‘nishining yangi videosi e'lon qilindi
Foydalanuvchilar YouTube’da Sheremetevo aeroportida halokatga uchragan Superjet 100 yo‘lovchi samolyotining favqulodda qo‘nishining yangi videosi bilan bo‘lishishdi.
Videoda samolyot qo‘nish vaqtida bir necha marta uchish-qo‘nish yo‘lagiga urilgani, so‘ngra yonib ketganini ko‘rish mumkin.
Aviahalokat 5 may kuni yuz bergandi, uning oqibatida samolyotdagi 78 kishidan 41 nafari halok bo‘lgan. Ma'lum qilinishicha, Rosaviatsiya tergovchilari ekipajning yong‘in tarqalishiga ta'sir qilgan bir nechta xatolarini aniqlashgan.
Tergov qo‘mitasining rasmiy xabariga ko‘ra, samolyotning texnik nosozligi, yomon ob-havo va uchuvchilarning yetarlicha malakaga ega bo‘lmagani voqeaning asosiy sabablari bo‘lgan.
Mavzuga oid
20:47 / 21.09.2024
Norvegiyadan Ispaniyaga uchgan samolyot sichqon sabab avariyaviy qo‘nishni amalga oshirdi
18:55 / 14.09.2024
AQShda vodorodda harakatlanadigan noyob samolyot taqdim etildi
21:38 / 05.09.2024
AQSh Dominikanda Maduroga tegishli ikkinchi samolyotni aniqladi
20:50 / 23.08.2024