Kristin Lagard Markaziy bankda qaysi masalalarga e'tibor qilish zarurligini aytdi?
Bugun Markaziy bankda XVJ Boshqaruvchi direktori Kristin Lagard bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi va uchrashuv davomida bank sektoridagi islohotlar va makroiqtisodiy siyosat masalalari muhokama qilindi.
MB xabariga ko‘ra, K.Lagard kreditlash darajasini qisqartirish va davlat korxonalari va banklarini isloh qilishda xatarlarni monitoring qilish zarurligini ta'kidlagan.
Shuningdek, Markaziy bank tomonidan moliyaviy sektorda islohotlarning barcha xatarlarini tushunish muhimligi qayd etildi.
Kristin Lagard XVJ bor salohiyatini ishga solgan holda o‘tkazilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini aytib o‘tdi.
Uchrashuvdan so‘ng, K.Lagard Markaziy bank xodimlari va talabalar uchun «O‘zbekistondagi islohotlar: inklyuziv o‘sish va hamkorlik uchun yangi formula» mavzusida ma'ruza qilgan va O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sish sur'atlarini oshirishda va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishda yuqori salohiyatga ega ekanligini qayd etgan.
Bundan oldin, Kristin Lagard O‘zbekistonga kelgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:34 / 08.11.2024
Markaziy bank 7 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotini jarimaga tortdi
23:10 / 07.11.2024
O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari 43 mlrd dollardan oshdi
11:23 / 01.11.2024
«Biz uchun qiziqligi uning qaysi narxda kirib kelishi» – MB raisi energetika resurslari importida Rossiyaga qaramlik haqida
19:37 / 31.10.2024