Jahon | 12:50 / 20.05.2019
34928
3 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy Ukraina prezidenti lavozimiga kirishdi

Foto: Reuters

Vladimir Zelenskiy rasman Ukraina prezidenti lavozimiga kirishdi. Mamlakatning yangi saylangan prezidenti Oliy radadagi tantanali marosimda qo‘lini konstitutsiyaga qo‘yib, Ukrain xalqiga qasamyod qildi.

Konstitutsion sud rahbari Nataliya Shaptala Ukrainaning yangi saylangan prezidenti konstitutsiyaning 104-moddasiga ko‘ra lavozimga kirishishi mumkinligini ma'lum qildi. U prezidentga prezidentlik ramzlari — ko‘krak nishoni, gerbli muhr va cho‘qmor topshirdi.

«Interfaks» agentligi muxbiri xabar qilishicha, parlament zalida barcha deputatlar, 50dan ortiq xorijiy delegatsiyalar vakillari, jumladan xalqaro tashkilotlar, Ukrainaning sobiq prezidentlari Leonid Kravchuk, Leonid Kuchma, Viktor Yushchenko, Petro Poroshenko, Ukraina hukumati a'zolari, cherkovlar va diniy tashkilotlar vakillari, sud tizimi vakillari hamda boshqa taklif etilgan mehmonlar hozir bo‘lishgan.

Valentin Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Foto: Reuters
Foto: AP/TASS

Inauguratsiyadan so‘ng Zelenskiy Ukraina qurolli quchlari qo‘shinlari qo‘mondonlari bilan uchrashadi, so‘ng chet el delegatsiyalari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Zelenskiy Rada binosiga Marina xiyoboni bo‘ylab kelgan. U yangi hukumatning asosiy fishkasi - fuqarolarga yaqin bo‘lishda ekanini aytgan. Zelenskiy o‘z yo‘lida odamlar bilan qo‘l berib salomlashib o‘tgan, keyin tantanali ravishda parlament zaliga yo‘l olgan.

U ukrainlar bilan selfi tushishga ham ulgurgan.

Eslatib o‘tamiz, 21 aprel kuni o‘tkazilgan Ukraina prezidentligi uchun saylovlarning ikkinchi turida Vladimir Zelenskiy 73,22 foiz ovoz olib, davlatning yangi rahbariga aylangandi. Ikkinchi nomzod, Ukrainaning beshinchi prezidenti Petro Poroshenko uchun esa saylovchilarning 24,45 foizi ovoz bergandi.  

Mavzuga oid