Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XAMAS Isroil bilan yarashuv sulhi tuzilganini rad etdi – OAV
Falastinning XAMAS harakati Isroil bilan yarashuv sulhi tuzgani haqidagi xabarni rad etdi. Bu haqda XAMASning G‘azo sektoridagi rasmiy vakili Favzi Barhumga iqtibos keltirgan holda Xinhua axborot agentligi xabar berdi.
Barhum avvalroq Isroil OAV tarqatgan, XAMAS va Isroil o‘rtasida yarim yillik yarashuv sulhi tuzilgani haqidagi yangilikni yolg‘on deb atagan.
Uning ta'kidlashicha, Isroil bilan o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi har qanday kelishuv “Tel-Avivning avval erishilgan barcha kelishuvlarni bajarishga sodiqligiga asoslangan bo‘lishi lozim”.
Yarashuv sulhi tuzilmagani haqidagi ma'lumotni XAMASning G‘azodagi rahbariyatining yana bir vakili Basim Naim ham tasdiqlagan.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:33 / 27.05.2025
Uitkoff: Hamas Isroil bilan sulh bo‘yicha kelishuvni rad etdi
20:40 / 26.05.2025
Uitkoff HAMAS o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor degan da’volarni rad etdi
19:43 / 26.05.2025