Jamiyat | 22:33 / 04.06.2019
7425
3 daqiqa o‘qiladi

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining iste'molchilar uchun ilovasidan foydalanish

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi iste'molchilarga qulayliklar taqdim etish maqsadida maxsus mobil ilova ishlab chiqdi hamda vazirlik saytidagi shaxsiy kabinet (MJKOCabinet) orqali o‘zlarini qiziqtirgan ma'lumotlarni olishlari hamda  o‘zlari amalga oshirgan to‘lovlarni nazorat qilishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda Milliy matbuot markazida vazirlik vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi. Shu bilan birga, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatning mooliyaviy faoliyatini ham onlayn tarzda nazorat qilish imkoniga ega bo‘lishmoqda.

Vazirlik Yig‘ma axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i Bahodir Qahhorovning so‘zlariga ko‘ra, shaxsiy kabinet orqali aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni onlayn (real vaqt) rejimida qabul qilish imkonini beruvchi interaktiv xizmatlari yo‘lga qo‘yilmoqda. Shuningdek, shaxsiy kabinetlarda kommunal to‘lovlar uchun elektron to‘lov tizimlari (Munis, U-Pay, Click, Payme, Paymo, Paynet) orqali to‘lovlarni amalga oshirish, hisoblagich ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni uzatish imkoniyati mavjud. 

 Ushbu shaxsiy kabinet foydalanuvchilari:

qarzdorliklarini ko‘rish; 

  • hisoblangan suvoqava xizmatlari miqdori;
  • to‘langan to‘lovlar to‘g‘risida ma'lumotlar olish imkoniyatlari;
  • suv o‘lchagichlarini sinovdan o‘tkazilgani to‘g‘risida ma'lumotlar (sertifikat)ni jo‘natish;
  • suv o‘lchagich ohirgi ko‘rsatkichlarini jo‘natish;
  • suvoqova korxonasiga murojaatlarini onlayn yuborish imkoniyatiga egalar. 

Bundan tashqari, vazirlik buyurtmasi asosida, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari a'zolari uchun ham maxsus “Obod uy” avtomatlashtirilgan billing tizimi ishlab chiqildi. U uy-joy mulkdorlar shirkatlarining majburiy badal to‘lovlarining hisobini yuritish billing tizimi yaratildi.

Ushbu avtomatlashtirilgan billing tizimi uy joy mulkdorlar shirkatlari a'zolari quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ldilar:

  • majburiy badal to‘lovlarini avtomatlashgan tarzda hisob-kitob qilish;
  • to‘lovlarni onlayn tarzda  CLICK, UPAY, PAYME elektron to‘lov tizimlari orqali to‘lash o‘z shaxsiy kabinetlariga kirib o‘zlari yashayotgan uy to‘g‘risida ma'lumotlar olish;
  • qarzdorliklarini ko‘rish, XUJMSh ga murojaatlar jo‘natish;
  • majlis bayoni va boshqa xujjatlarini shu joyni o‘zida ko‘ra olish imkoniyatlari mavjud.

Vazirlik veb sahifasi http://mjko.uz manzilida joylashgan. Uning Telegram-bot manzili https://telegram.me/mjkouz.

Mavzuga oid