Light | 11:50 / 13.06.2019
44239
4 daqiqa o‘qiladi

Ozishning beshta oltin qoidasi

Agar haqiqatan ham vazn tashlashni istasangiz, quyidagi beshta oddiy qoidani yodda saqlashingiz va ularga muntazam ravishda amal qilishingiz kerak, deya yozmoqda the-challenger.ru.

Foto: Pixabay

1. Nonushta qiling

Nonushta qilmaslik – juda keng tarqalgan xato. Och qolish salomatlik uchun ham, kayfiyat uchun ham zararli. Foydali nonushta sizga kunni samarali boshlashda yordam  berish bilan birga metabolizmni ishga tushiradi va tezroq vazn tashlashda yordam beradi. Nonushtangiz haqida yaxshilab o‘ylang: oqsil quvvat beradi, kletchatka esa uzoq vaqt davomida ochlikni unutishda qo‘l keladi.

2. O‘zgarishlarni o‘zingizdan boshlang

Agar kechki ovqatdan keyin o‘ramdagi muzqaymoqni paqqos tushirish siz uchun odatiy hol bo‘lsa, afsuski oqibatlar tarozida aks etadi. Vazn tashlash uchun istakning o‘zi yetarli emas, o‘zgarishlarni o‘zingiz va hayot tarzingizdan boshlash kerak. Masalan, ovqatlanishdan – bu eng soddasi: sevimli, biroq zararli mahsulotlarni foydali yegulikka aylantiring, o‘z vaqtida va muvozanatlashgan holda ovqatlanishni boshlang. Yodda tuting: siz parhez tutmaysiz, ratsionni o‘zgartirasiz. 80/20 qoidasiga amal qiling, ya'ni 80 foiz foydali va bor-yo‘g‘i 20 foiz  u qadar sog‘lom bo‘lmagan yeguliklar bilan ovqatlaning.

3. Foydali degani ko‘p iste'mol qilishni anglatmaydi

Yong‘oqlar, avokado, baliq, zaytun moyi ushbu mahsulotlarning bari juda foydali, biroq bu ularda kaloriya yo‘q degan tushunchani anglatmaydi. Agar burgerlardan voz kechgan bo‘lsangiz, o‘zingizni qat'iyat uchun bir kilogramm yong‘oq bilan mukofotlash yaramaydi. Eng yaxshi taomlarni tayyorlaganda ham porsiya haqida unutmang. Juda ko‘p ovqat yemaslikka harakat qiling.

Foto: Pixabay

4. Iste'mol qilganingizdan ko‘proq quvvat sarflashga harakat qiling

Oddiy matematikani bilish vaznni yo‘qotishda yordam beradi: bir kunda iste'mol qilinganidan ko‘proq quvvat sarflash kerak. Masalan, haftasiga yarim kilo vazn yo‘qotish uchun ratsionni 500 yoki bor-yo‘g‘i 250 kaloriyaga qisqartiring. Biroq veloyo‘lakchada 500 kaloriya sarflash, keyin esa to‘yib ovqatlanmaslikka harakat qiling. Tamoyil bu tariqa ishlamaydi: agar katta burgerni iste'mol qilsangiz, intensiv mashg‘ulot yordam bermaydi. Tarozidagi raqamlar pastga emas, yuqoriga harakatlanadi.

5. Eski odatlarni unuting

Xatti-harakatlaringiz natijasi sizni qoniqtirishni boshlashi bilan odatiy hayot tarziga qaytish yaramaydi. U  bilan birga yo‘qotilgan kilogramm ham qaytadi. Shunday ekan, ozish vaqtida ko‘p suv va ko‘k choy ichgan bo‘lsangiz, xuddi shunday davom ettiring. O‘zingizning gazli suvlarga bo‘lgan ishqibozligingizni unuting. O‘zingizni formada ushlab turish uchun doimiy ravishda nima istemol qilayotganingiz va ichayotganingizni kuzatishni anglatadi. To‘g‘ri ovqatlanishga harakat qiling.

Mavzuga oid