Toshkent va Turkiston o‘rtasida tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Toshkent va Qozog‘istonning Turkiston shahri o‘rtasida tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining 18-yig‘ilishi davomida Turkiston viloyati akimi Umirzak Shukeyev O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov, suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev va “O‘zbekiston temir yo‘llari” boshqaruv raisi Husnitdin Hosilov bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida Turkiston viloyatining investitsion va turistik salohiyati haqida so‘zlab berilgan, chegara hamkorligi masalalari muhokama qilingan va bir qator muhim kelishuvlar imzolangan. Jumladan, Toshkent viloyati va Turkiston viloyati o‘rtasida turistik sohani rivojlantirish haqida memorandum imzolangan. Uning doirasida yagona turistik yo‘nalishlar ishlab chiqiladi.
Shuningdek, Toshkent-Turkiston tezyurar temir yo‘lini qurish haqidagi memorandum ham imzolangan.
Bundan tashqari, “Dostik” kanali orqali beriluvchi suv hajmini oshirish muhokama qilinishi davomida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida hukumatlararo ishchi guruhini tashkil etish qarori qabul qilingan.
Mavzuga oid
18:38 / 13.11.2024
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
17:26 / 08.11.2024