Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘ktam Barnoyevning navbatdagi sayyor qabuli Buxoro tumanida bo‘lib o‘tadi
Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyevning navbatdagi sayyor qabuli 28 iyun kuni ertalab soat 08:00dan boshlab Buxoro tumani «Bog‘ikalon» MFY Yuzon aholi punktida joylashgan «Panja» gidrouzelida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat hokimligi axborot xizmati ma'lum qilmoqda.
Mazkur sayyor qabulda fuqarolar o‘zlarini tashvishga solib kelayotgan barcha masalalar bo‘yicha murojaat qilishlari, ayrim masalalar yuzasidan o‘z takliflarini viloyat hokimiga shaxsan taqdim etishlari mumkin.
Sayyor qabul davomida aholi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik hamda bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi ham tashkil etiladi.
Sayyor qabulda buxorolik barcha fuqarolar va tadbirkorlar ishtirok etishlari mumkin.
Mavzuga oid
17:20 / 19.12.2023
MBning Buxoro viloyati bo‘yicha boshlig‘i va sobiq tuman hokimi hibsga olindi
11:06 / 08.08.2023
Buxoro tumaniga yangi hokim tayinlandi
18:02 / 17.02.2023
Prezident Buxorodagi zamonaviy issiqlik elektr stansiyasini borib ko‘rdi
09:41 / 13.12.2022