Jahon | 16:19 / 01.07.2019
4838
1 daqiqa o‘qiladi

Yevrokengash rahbari kengash sammitini to‘xtatdi va 2 iyulga ko‘chirdi

Foto: EPA-EFE/OLIVIER HOSLET

Yevrokengash rahbari Donald Tusk kengashning asosiy lavozimlarini aniqlash bo‘yicha favqulodda sammitini to‘xtatib qo‘ydi va uni seshanbaga ko‘chirdi. Bu haqda Tuskning vakili ma'lum qildi.

Xabar qilinishicha, qariyb 20 soat davom etgan muzokaralar natijasiz yakunlangan.

Ma'lum qilinishicha, mazkur sammit keyingi 15 yildagi eng uzoq davom etgan sammitga aylangan. 

2015 yilda Gretsiyaning Yevrohududga a'zoligi masalasi ko‘rilgan sammit 17 soat davom etgandi.

Mavzuga oid