«Mening fikrim» portaliga jamoat transportlari oynalarini qoraytirish to‘g‘risidagi petitsiya joylandi
«Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portaliga jamoat transportlari oynalarini qoraytirish to‘g‘risidagi petitsiya joylandi.
«Hammamizga ma'lumki, yurtimiz quyoshli o‘lka. Bu holat, ayniqsa, yoz mavsumida harorat 40 darajadan oshgan vaqtlarda avtobuslardagi konditsionerlarning sovutish funksiyasi ishlamay qolganda juda seziladi. Tasavvur qiling, odam ko‘p, kun issiq, havo dim, bu yoqdan esa yana jazirama quyosh tik tushib turadi. Bu esa jamoat transportidagi odamlarning salomatligiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Ko‘ngil aynishi, xushsizlanish kabi holatlarga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, ba'zida tig‘iz vaqtda avtobusda o‘tirish uchun bo‘sh joy bo‘lsa ham odamlar quyosh sabab o‘sha bo‘sh joylarga o‘tirmaydi. Bu esa ortiqcha tiqilinchni yuzaga keltiradi. Hamma avtobuslarga konditsioner qo‘yish yoki ularni yangilarga almashtirish esa ko‘p mablag‘ va vaqt talab qiladi», deyiladi unda.
Petitsiyada qayd etilishicha, amaldagi Yo‘l harakati qoidalarining 74-bandida «Barcha transport vositalarida old, yon va orqa tomondagi oynalarning yorug‘lik o‘tkazishi kamida 70 foizni tashkil etishi kerak»ligi belgilangan. Shu sababli yuqoridagilarni inobatga olgan holda, petitsiya muallifi jamoat transportlari, xususan, avtobus va boshqa yo‘nalishli transport vositalari oynalarining yorug‘lik o‘tkazishini kamida 50 yoki 60 foizgacha so‘ndirishni taklif qilmoqda.
Avvalroq O‘zbekiston «Adolat» SDP fraksiyasi a'zolari avtomobil oynalarini qoraytirish masalasi bo‘yicha o‘z takliflarini ishlab chiqqani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
22:20 / 01.08.2019
«Tonirovka», «snos», «daraxtkesarlar»: Bosh vazir o‘rinbosari deputatlarga nimalar to‘g‘risida ma'lumot berdi?
08:09 / 30.11.2018
Xorijliklardan “tonirovka” uchun yig‘imni undirish tartibi belgilandi
08:47 / 28.08.2018
Mashinalarni «tonirovka» qilish bilan qaysi korxona shug‘ullanishi ma'lum bo‘ldi
13:18 / 01.08.2018