Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi
2019 yilning 18 iyul kuni soat 16:59da Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani “G‘ayrat” MFY hududida joylashgan Gas Refueling MChJga qarashli avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida (AGTKSh) yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.
O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabarida aytilishicha, voqea joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari 7 daqiqada yetib borgan. Bo‘linmalarning tezkor harakatlari natijasida yong‘in tezda bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida shoxobchaning 3-kolonkasi, “Umid-1” xususiy korxonasiga tegishli “Cobalt” rusumli avtomobili to‘liq yongan hamda shoxobchaning 8 kv.metr maydonda shift qismi yonib zararlangan.
Yong‘in o‘chirish bo‘linmasining yetib kelguniga qadar yong‘inni o‘chirishga uringan shoxobcha ishchisi kuyish kuyish tan jarohati olgan.
Yong‘inni sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025