O‘zbekiston | 00:30 / 21.07.2019
89602
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘ztransgaz» Buxorodagi yong‘in yuzasidan rasmiy axborot berdi

Foto: KUN.UZ

Buxoroda yuz bergan yong‘in yuzasidan «O‘ztransgaz» AJ rasmiy ma'lumot tarqatdi.

«Bugun mahalliy vaqt bilan soat 21:50 da «Gazli – Chimkent» magistral gaz o‘tkazish quvurining 76-kilometrida avariya ro‘y bergan. Avariya natijasida yong‘in kelib chiqqan.

«Ayni paytda yong‘in tegishli xizmatlar va ekspluatatsiya qiluvchi personalning kuchlari bilan lokalizatsiya qilingan. Qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q. Avariyaviy tiklash ishlari olib borilmoqda», — deyiladi «O‘ztransgaz» Ajning Kun.uz ga yetkazilgan rasmiy axborotida.

Kun.uz’ manbasining qo‘shimcha ravishda ma'lum qilishicha, Samarqand viloyati «Zirabuloq» DKSga qarashli diametri 1200 mm bo‘lgan «Gazli – Chimkent» magistral gaz o‘tkazish quvurining 76-kilometrida gaz sizib chiqqanligi sababli u yorilgan. Hozirda quvurda gaz bosimi 34–35 atmosferani tashkil etmoqda.

Mavzuga oid