Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent truba zavodi omborxonasida yong‘in kelib chiqdi
2019 yilning 26 iyul kuni soat 12:58da, Toshkent shahar Olmazor tumani, Changalzor ko‘chasi 4-uyda joylashgan Toshkent truba zavodining “V” hududida joylashgan ikkilamchi mahsulotlar saqlash omborxonasida mato chiqindilari 30 kv.metr maydonda yongan.
O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabariga ko‘ra, yong‘in o‘chirish bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 13:06da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 13:25da bartaraf etilgan.
Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in elektr simlarida qisqa tutashuvidan sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda.
Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025