Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YuNESKO bosh direktori O‘zbekistondagi Umumjahon merosi obektlarini borib ko‘radi
YuNESKO bosh direktori Odri Azule 26 avgust kuni O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan Moddiy va nomoddiy madaniy merosni saqlash bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etadi.
YuNESKO rahbari mamlakatga birinchi tashrifi davomida prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi va «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivalini ochib beradi, deya xabar qilmoqda BMT yangiliklari sayti.
Bugungi kunda Umumjahon merosi ro‘yxatiga 157 mamlakatda 962 obekt kiritilgan. Ulardan O‘zbekistonda joylashganlari:
Ichan-Qala, Xiva
Buxoroning tarixiy markazi
Shahrisabzning tarixiy markazi
Samarqand - madaniyatlar chorrahasi
G‘arbiy Tyan-Shan
Odri Azule tashrif davomida bir qator ana shunday obektlarga boradi. Shuningdek, prezident Mirziyoyev bilan uchrashib, hamkorlikni mustahkamlash va boy madaniy merosni tiklash bo‘yicha mamlakat imkoniyatlarini muhokama qiladi.
Mavzuga oid
14:46 / 12.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Parijda YuNeSKO bosh direktori bilan uchrashdi
12:29 / 05.12.2024
YuNESKO nomoddiy madaniy meroslar ro‘yxatini kengaytirdi
20:57 / 23.10.2024
Beruniy nomidagi YuNESKO–O‘zbekiston xalqaro mukofoti ta’sis etildi
19:16 / 04.10.2024