Bugun test sinovlari natijalari e'lon qilinishi kutilmoqda
Bugun Davlat test markazi tomonidan bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha topshirilgan test sinovlari natijalari e'lon qilinishi kutilmoqda.
Bu haqda 21 avgust kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat test markazi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilingan.
Xususan, DTM bosh boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov jurnalistlar tomonidan joriy yilgi mandat natijalari kechikayotgani borasidagi savolga quyidagi mazmunda javob qaytargan:
«Test sinovlari 15 avgustda yakunlandi va qonunchilikka muvofiq, mandat test jarayonlari tugaganidan so‘ng 1 hafta ichida e'lon qilinishi lozim. Mandat natijalari bugun kechqurun yoki ertaga kunduzi e'lon qilinadi».
Davlat test markazi rasmiysi shuningdek, mandat test jarayonlari yakunlanganidan so‘ng bir hafta ichida e'lon qilinishini joriy yilda har bir abituriyent bir paytda uchta oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirishi ilk marta yo‘lga qo‘yilgani bilan izohlagan.
Mavzuga oid
16:14 / 05.05.2023
Qabul boshlanishiga 1,5 oy qoldi – bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti?
18:26 / 27.03.2023
Imtihonda qo‘lga tushgan abituriyentlar kirish imtihonlaridan 5-7 yilgacha chetlashtirilishi rad etildi
16:27 / 30.08.2022
DTM direktori avvalgi yillarda mandat kechikkaniga izoh berdi
13:29 / 28.08.2022