Ukrainaning sobiq prezidenti to‘pponchasiz uxlay olmasligini aytdi
Ukrainaning birinchi prezidenti Leonid Kravchuk karavoti yonidagi tumbochka ustiga to‘pponchasini qo‘yibgina uyquga ketishini aytdi. U bu haqda NewsOne telekanali efirida so‘zlab bergan.
Kravchuk Ukraina mustaqillikka erishgan 1991 yilda xavf sezgan-sezmagani haqidagi savolga shunday javob bergan.
“Menga tahdid solgan real xavfni sezmaganman. Biroq hozir xavf emas, balki qandaydir tahdidni his qilaman. Men hattoki uni tushuntira olmayman. Mana uyquga ketaman va yonimdagi tumbochkada hamisha to‘pponcham turadi. Har doim. Men bunga ko‘nikib qolganman. Agar uni tumbochka ichidan olib, yonimga qo‘ymagan bo‘lsam, uxlay olmayman. Bilaman, kimdir nimadir qilishni istasa, bu to‘pponcha mening qo‘limda nima ham qila olardi? Biroq u meni tinchlantiradi”, deb aytgan sobiq prezident.
Kravchukning ta'kidlashicha, 1991 yilda unga suiqasd qilingan.
“Bunday suiqasdlardan biri Xarkovda bo‘lgan: menga bir kishi pichoq bilan tashlangan, biroq mening Palivoda ismli qo‘riqchim o‘zini qalqon qilgan. Erkak uning ko‘kragiga pichoq bilan urgan, biroq tansoqchimning ichki cho‘ntagida to‘pponchasi bo‘lgani sababli u tirik qolgan”, deb eslab o‘tgan o‘tmish voqealarni Kravchuk.
“5 millionlik armiya, minglab yadroviy jangovar kallaklar, millionlik boshqa kuch tuzilmalari, militsiya, komsomol bo‘lgan sobiq ittifoqning to‘xtatishi haqidagi hujjatni imzolash oson ish bo‘lmagan”, deb qo‘shimcha qilgan sobiq prezident.
Mavzuga oid
11:31
AFP: Ukraina Kursk oblastidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
07:54
Ukraina Jahon bankidan deyarli 5 mlrd dollar oladi
20:12 / 22.11.2024
«Aftidan qo‘rqinchli, ammo hech narsani o‘zgartirolmaydi» - «Oreshnik» qanaqa raketa?
14:17 / 22.11.2024