O‘zbekiston | 16:01 / 03.09.2019
5264
2 daqiqa o‘qiladi

Lixachyov Toshkentda MIFI filiali ochilishi «Rosatom» uchun sharaf ekanligini aytdi

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

«Rosatom» bosh direktori Aleksey Lixachyov Toshkentda Rossiya milliy yadro tadqiqot instituti “Moskva injyenerlik-fizika instituti”ning filiali ochilishini Rossiya korporatsiyasi uchun sharaf deb atadi.

«Filial ochilishi – biz uchun sharaf, ulkan g‘urur va chaqiriq. Bu MIFIning xorijdagi birinchi filiali. Uning aynan O‘zbekistonda ochilishi ramziy ma'noga ega», – dedi Lixachyov oliy o‘quv muassasasining tantanali ochilish marosimida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda AES qurilishi xalqlar o‘rtasidagi hamkorlik uchun bir asrlik tamal toshini qo‘yadi.

«AES qurish loyihasi – bu o‘nlab yillarga mo‘ljallangan loyiha. Stansiyamizning o‘rtacha xizmat muddati 60 yil, yana 20-30 yil, hatto 40 yilgacha uzayishi mumkin. Shu tarzda biz sohalarimiz, xalqlarimiz o‘rtasida bir asrlik hamkorlikni ta'minlaymiz», – dedi «Rosatom» rahbari.

3 sentabr kuni Toshkentda Rossiya milliy yadro tadqiqot instituti “Moskva injyenerlik-fizika instituti”ning xorijdagi birinchi filiali tantanali ravishda ochildi. Filialning barcha bitiruvchilari O‘zbekiston va xorijda tan olinadigan Rossiya namunasidagi diplomga ega bo‘lishadi.

Mavzuga oid