Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyati advokatlariga yangi rahbar tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i etib ko‘p yillar prokuratura organlarida faoliyat yuritgan, so‘nggi 20 yil davomida «Bog‘ishamol» advokatlar hay'ati rahbari vazifasida ishlab kelgan Tohir Qodirov tayinlandi.
Advokatlar palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Sodiqov to‘planganlarni Tohir Qodirov boshqarma raisi sifatida tasdiqlanganligi haqidagi buyruq bilan tanishtirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyat Xalq qabulxonasi rahbari Shuhrat Uzoqov yig‘ilishda so‘zga chiqib, Advokatlar palatasi viloyat hududiy boshqarmasining yangi rahbari huquq-tartibot organlari va boshqa tashkilotlar bilan yaqin hamkorlikda ish olib borib, aholining huquqiy himoyasi yo‘lida advokatlar korpusini jipslashtirishiga ishonch bildirdi.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025