Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kongoda poyezd relslardan chiqib ketishi oqibatida 50 kishi halok bo‘ldi
Kongo Demokratik Respublikasida poyezdning halokatga uchrashi kamida 50 kishining umriga zomin bo‘ldi. Bu haqda Daily Sabah Africa nashri xabar berdi.
Mamlakatning gumanitar masalalar va tabiiy ofatlarga qarshi kurashish masalalari vaziri Stiv Mbikayi yana 23 kishi jarohatlanganini ma'lum qilgan.
Yo‘lovchi poyezdi Tanganika viloyatida relslardan chiqib ketib, ag‘darilib ketgan. O‘nlab odamlar poyezd ostida qolib ketgan.
Hukumat qurbonlar soni oshishi mumkinligini aytgan. Voqea joyida qutqaruv operatsiyasi olib borilmoqda. Hukumat halok bo‘lganlar oilalariga hamdardlik bildirgan.
Mavzuga oid
07:39 / 22.05.2025
Tyanjin–Toshkent yo‘nalishidagi birinchi poyezd jo‘nab ketdi
08:48 / 16.05.2025
Toshkentda poyezd ustida suratga tushmoqchi bo‘lgan bolalarni tok urdi
18:00 / 25.04.2025
Toshkent-Xiva yo‘nalishida yangi poyezd vagonlari harakati yo‘lga qo‘yiladi
17:01 / 19.04.2025