Sport | 22:54 / 14.09.2019
10883
1 daqiqa o‘qiladi

Liga 1. Neymarning 92-daqiqada kiritgan supergoli «PSJ»ga g‘alaba keltirdi

Fransiya chempionatining 5-turidan o‘rin olgan «PSJ» va «Strasburg» jamoalari o‘rtasidagi bahs yakunlandi. Parijliklar mehmonlar darvozasiga to‘p kiritishda ancha qiynalishdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalardagina Neymar qaychi uslubida gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «PSJ» ochkolari sonini 12taga yetkazib, 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Strasburg» esa 3 ochko bilan pastki pog‘onalardan birini egallab turibdi.

Liga 1, 5-tur

PSJ – Strasburg 1:0

Gol: Neymar (90+2).
PSJ: Navas, Kurzava (Kimpembe, 71), Dagba, Diallo, Tiago Silva, Di Mariya, Sarabiya (Errera, 71), Guyye, Verratti, Shupo-Moting (Ikardi, 63), Neymar. 
Strasbur: Zels, Karol, Djiku, Kone, Lala, Tomasson (Prsich, 85), Sissoko, Simakan (Lienar, 74), Bellgard, Mitrovich, Ajork (Motiba, 78).
Ogohlantirishlar: Bellgard (45), Kurzava (45), Ajork (71), Verratti (90).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid