Sport | 11:47 / 17.09.2019
11306
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Aleksandr Kokorin va Pavel Mamayev ozodlikka chiqishdi

Rossiyalik futbolchilar Aleksandr Kokorin va Pavel Mamayev Belgorod oblastidagi koloniyadan ozodlikka chiqishdi.

Kokorinning advokati bergan ma'lumotga ko‘ra, futbolchi shu kunlarda «Zenit» bilan yangi shartnoma tuzdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Mamayev «Krasnodar» bilan shartnomasini bekor qilmagan va ushbu klubda o‘ynashda davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, Kokorin va uning ukasi Kirill, Mamayev va uning do‘sti Aleksandr Protasovitskiy 2018 yil 8 oktabr kuni Moskva markazida 2ta mushtlashuvda ishtirok etib, Minpromtorg mulozimi Denis Pak va haydovchi Vitaliy Solovchukni do‘pposlashgan edi.

8 may kuni Moskvaning Presnya sudi aka-uka Kokorinlarni 1 yilu 6 oy, Mamayev va Protasovitskiyni 1 yilu 5 oylik qamoq jazosiga mahkum qildi. Ular tergov vaqtida koloniyada o‘tkazgan vaqt ham bu muddat ichiga kiritilgandi. Sentabr oyi boshida esa futbolchilarning advokatlari ularni shartli ravishda qamoqdan ozod qilish bo‘yicha sudga iltimosnoma kiritishgan va bu iltimosnoma qanoatlantirilgandi.

Mavzuga oid