Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangiyo‘l tumanidagi ikki qo‘shni uyda yong‘in sodir bo‘ldi
2019 yilning 22 sentabr kuni soat 19:09da Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani “Yoshlik” MFY Guliston ko‘chasida joylashgan 100 va 102-uylarda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.
O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotiga ko‘ra, xabar asosida voqea joyiga 6 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar ko‘rsatilgan manzilga 7 daqiqada yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in to‘liq o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida 100, 102-uylarning 60 va 80 kv. metr maydonda tomi, shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan. Yong‘indan uylarning 500 kv. metr maydonlari saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan.
Hodisaning taxminiy sababi - elektr simlaridagi qisqa tutashuv. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025