Jahon | 23:00 / 05.10.2019
4620
1 daqiqa o‘qiladi

Kashmirda granata portlashi natijasida kamida o‘n kishi jarohatlandi

Kashmirning Hindiston nazoratidagi qismida joylashgan Anantnaga shahrida shanba kuni sodir bo‘lgan granata portlashi oqibatida kamida 10 kishi jarohat oldi. Bu haqda shahar politsiyasi xabar berdi.

Huquq-tartibot idoralari voqea haqida batafsil ma'lumot bermayapti, faqat jarohatlanganlar orasida politsiyachi va jurnalist borligini bildirmoqda.

Ayni paytda, mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabariga ko‘ra, granatani Kashmirda faoliyat yuritayotgan terroristik guruhlardan birining a'zolari portlatgan. Terakt hukumat binolaridan biri yaqinida sodir etilgan. Hozir jabrlanganlar kasalxonaga yotqizilgan bo‘lib, ularning hayoti xavf ostida emas. 

Politsiya voqeani tekshirish va jinoyatchilarni qidirish bilan shug‘ullanmoqda. Portlash hududi qurshab olingan, huquq-tartibot idoralari xodimlari voqea guvohlarini so‘roq qilishmoqda.

Kashmirda faoliyat yuritayotgan ekstremistik guruhlarning hech biri hozircha sodir bo‘lgan voqea uchun javobgarlikni o‘z zimmalariga olishmagan.

Mavzuga oid