Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zneftgazinspeksiya: Paxta neft bazasida kamomad aniqlandi
2019 yil 25 martidan 10 oktyabrga qadar iste'molchilarga yetkazib berilgan neft mahsulotlarini avtotarozi orqali xaridor haqidan urib qolish hisobiga 1 mlrd 614 mln so‘mlik 222,5 tonna neft mahsulotlari o‘zlashtirilgan.
Jamiyat tomonidan neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, tarqatish, kirim-chiqish hisobini yuritilishi yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishda jami 2,7 mlrd. so‘mlik manbalar aniqlandi, deb xabar berdi O‘zneftgazinspeksiyaning axborot xizmati
Jumladan, neft mahsulotlari sig‘imlaridagi mahsulotning haqiqiy qoldig‘i bilan hisobxona qoldig‘i taqqoslanganda jami 300 mln. so‘mlik 32 tonna kamomad hamda 0,476 mln so‘mlik 0,083 tonna ortiqchalik mavjudligi aniqlandi.
Shuningdek, o‘rganish davrida 2019 yil 25 martidan 10 oktyabrga qadar iste'molchilarga yetkazib berilgan neft mahsulotlarini avtotarozi orqali xaridor haqidan urib qolish hisobiga 1 mlrd 614 mln so‘mlik 222,5 tonna neft mahsulotlari o‘zlashtirilgan.
Bundan tashqari, jamiyatdagi 26-sig‘imda saqlanayotgan 111 468 kg miqdordagi moyining sifati GOST 8581-78 talabiga muvofiq emasligi, ya'ni mahsulot sifatsizligi aniqlandi.
Xozirgi paytda tekshiruv davom etmoqda. Tergov tadbirlari natijasida huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda choralar ko‘riladi.
Mavzuga oid
08:15 / 21.01.2020
Tabiiy va suyultirilgan gazdan foydalanishda 5,1 mlrd so‘mlik talon-torojlik aniqlandi
13:45 / 11.12.2019
7 mlrd so‘m miqdoridagi gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
19:30 / 03.12.2019
Pishgan g‘isht sexlari, issiqxonalar va boshqa korxonalarda gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
19:00 / 03.12.2019