O‘zbekiston | 10:50 / 22.11.2019
154829
2 daqiqa o‘qiladi

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari va IIV Qorovul qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimidan ozod etildi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti qarori bilan Ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari Muhiddin O‘tkirovich Jo‘rayev lavozimidan ozod qilindi. Bu ma'lumotni Kun.uz manbasi tasdiqladi.

Muhiddin Jo‘rayev

Polkovnik Muhiddin Jo‘rayev 2014-2016 yillarda Mirzo Ulug‘bek tumani IIB boshlig‘i, 2016-2018 yillarda Sirdaryo viloyat IIB boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

U 2018 yilning dekabr oyi oxirida ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi. Shuningdek, 2019 yil iyulida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti lavozimini egallagandi.

Prezident qarori bilan Ichki ishlar vaziri o‘rinbosaridan tashqari, uzoq yillardan buyon IIV Qorovul qo‘shinlari qo‘mondoni sifatida ishlab kelayotgan general-mayor Dmitriy Valerevich Pan hamda yana bir necha mansabdor ishdan olingan.

Dmitriy Pan / Uznews

Shuningdek, 2019 yil yanvarida IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan polkovnik Baxtiyor Po‘lotovich Pormonov ham lavozimidan ozod etilgani aytilmoqda.

Hozircha bu iste'folarning aniq sababi keltirilmayapti.

Mavzuga oid