O‘zbekiston | 00:57 / 21.12.2019
54238
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgda MDHning norasmiy sammitida ishtirok etdi

Foto: Prezident matbuot-xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 dekabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a'zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining norasmiy majlisida ishtirok etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin kutib oldi.

Ikki davlat rahbarlarining suhbati bo‘lib o‘tdi, unda ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlik istiqbollari, xalqaro ahamiyatga molik masalalar muhokama qilindi.

MDH norasmiy sammitida Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston va Turkmaniston rahbarlari ham ishtirok etdi.

Ko‘p tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan, 2020 yilda Hamdo‘stlikda O‘zbekiston raisligining ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

Shu bilan davlatimiz rahbarining tashrifi yakunlandi. Prezident Toshkentga jo‘nab ketdi.

Mavzuga oid