O‘zbekiston | 13:42 / 25.12.2019
8688
3 daqiqa o‘qiladi

«Buyuk kelajak» qator ekspertlar tashkilotni tark etganiga munosabat bildirdi

«Buyuk kelajak» ekspert kengashining qator a'zolari tashkilotni tark etishga qaror qilgani xabar berilgandi.

Tashkilotni «Buyuk kelajak» ta'sischilari umumiy yig‘ilishining raisi, ekspertlar kengashi raisi Alisher Kalonov, tashkilot muvofiqlashtiruvchi kengashi a'zolari Sobir Shodiyev, Bahrom Ismoilov va Sherzod Yusupov tark etgan.

«Buyuk kelajak» muvofiqlashtiruvchi kengashi ushbu holat yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi.

Qayd etilishicha, Alisher Kalonov, Sobir Shodiyev, Bahrom Ismoilov, Ilhom Azimov va Sherzod Yusupov haqiqatan ham ta'sischilar tarkibidan chiqish to‘g‘risida ariza bergan. Bu masala, shuningdek yangi nomzodlarni qabul qilish to‘g‘risidagi arizalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ta'sischilarning umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqilishi kerak edi.

«Shu bilan birga ta'kidlash kerakki, bu ta'sischilar tomonidan qandaydir hodisaga aloqador kutilmagan qadam emas. Ta'sischilar tarkibini yangilashning ushbu tartibi oktabr oyida bo‘lib o‘tgan tashkilot ta'sischilarining umumiy yig‘ilishida muhokama qilingan va kelishilgan. Bundan tashqari, bu nodavlat va notijorat tashkilot uchun odatiy jarayon.

«Taraqqiyot strategiyasi» markazi ta'sischilar tarkibida qoladi, shuningdek, o‘zlarini «Buyuk kelajak»ning eng faol ekspertlari sifatida ko‘rsatgan yangi mutaxassislarni jalb qilish rejalashtirilgan.

Shu yilning oktabr oyida tashkilotning kollegial boshqaruv organi - Muvofiqlashtiruvchi kengashga saylovlar bo‘lib o‘tdi, u joriy faoliyatning muhim masalalarini ko‘rib chiqib, tuzilma, yo‘nalishlar va shakllarni belgilaydi. Saylov natijalariga ko‘ra uning tarkibi ham yangilandi.

Ta'sischilardan biri Bahrom Ismoilov «Buyuk kelajak» muvofiqlashtiruvchi kengashining qarori bilan qarorlarni bir necha bor e'tiborsiz qoldirgani va o‘z vakolatidan chetga chiqqani uchun Ekspertlar kengashidan chetlatildi. Bugungi kunga qadar u faqat ta'sischi sifatida qolib kelayotgandi», - deyiladi «Buyuk kelajak» izohida.

Mavzuga oid